# Mehnat kodeksi — 376-modda. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/376 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi ushbu shartnomada koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran unda nazarda tutilgan muddat mobaynida amal qiladi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilish davrida oʻquvchilarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalari tatbiq etiladi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilishi oʻquvchi kasal boʻlgan vaqtga, harbiy yigʻinlarni oʻtash vaqtiga yoxud taraflarning kelishuviga koʻra uzaytiriladi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilish muddati davomida uning mazmuni faqat taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)