# Mehnat kodeksi — 381-modda. Ishlab chiqarish taʼlimi tugallanganidan keyin oʻquvchilarning huquq va majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/381 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishlab chiqarish taʼlimini muvaffaqiyatli tamomlagan ish qidirayotgan shaxslarga oʻzi taʼlimni oʻtagan ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzilganda sinov muddati belgilanmaydi. Agar oʻquvchi ishlab chiqarish taʼlimi tugaganidan keyin ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi boʻyicha va (yoki) mehnat shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini uzrli sabablarsiz bajarmasa, shu jumladan ishga kirishmasa, u ishlab chiqarish taʼlimi vaqtida olingan stipendiyani ish beruvchiga uning talabiga koʻra qaytarib beradi, shuningdek ish beruvchining ishlab chiqarish taʼlimi oʻtalishi munosabati bilan qilingan, oʻqish tugaganidan keyin haqiqatan ishlab berilmagan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan boshqa xarajatlarining oʻrnini ushbu Kodeksning 348-moddasiga muvofiq qoplaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)