# Mehnat kodeksi — 384-modda. Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirayotgan xodimlar uchun kafolatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/384 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kirish imtihonlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan xodimlarga oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarini topshirish uchun kamida oʻn besh kalendar kun muddatga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi, taʼlim tashkilotlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)