# Mehnat kodeksi — 395-modda. Ikki yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan birini (vasiyni) boshqa ishga oʻtkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/395 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ikki yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, oʻz arizasiga koʻra bajariladigan ishi uchun haq toʻlanadigan, biroq avvalgi ishi boʻyicha oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda bola ikki yoshga toʻlguniga qadar ish haqi toʻlanadigan boshqa ishga oʻtkaziladi. Ish beruvchida boshqa ish mavjud boʻlmagan taqdirda, ikki yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlanadi. Yakka tartibdagi mehnatga doir nizo yuzaga kelgan taqdirda, ikki yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga oʻtkazish mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)