# Mehnat kodeksi — 398-modda. Homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarga toʻliqsiz ish vaqti belgilash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/398 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 25-bob. Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari Ish beruvchi quyidagi shaxslarga ularning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish vaqti belgilashi shart: homilador ayolga; oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga); tibbiy xulosaga muvofiq oilaning betob aʼzosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsga. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)