# Mehnat kodeksi — 414-modda. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʻriklari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/414 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik ular oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar har yili majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim. Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan majburiy tibbiy koʻriklar ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)