# Mehnat kodeksi — 426-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʻriklari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/426 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Nogironligi boʻlgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik har yili majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turilishi lozim. Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʻriklari ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)