# Mehnat kodeksi — 436-modda. Xodimning mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosidagi ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/436 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xodimning yozma arizasiga koʻra, oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan maʼlumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini koʻrsatgan holda oʻrindoshlik asosidagi ish toʻgʻrisida yozuv kiritiladi. Oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan maʼlumotnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan maʼlumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi. Ichki oʻrindoshlik chogʻida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)