# Mehnat kodeksi — 442-modda. Oʻrindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/442 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻrindoshlik (ichki yoki tashqi) asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining ikkinchi qismida hamda 441-moddasida nazarda tutilgan qoʻshimcha asoslar boʻyicha bekor qilinganida xodimga ishdan boʻshatish nafaqasi ikki haftalik oʻrtacha ish haqi miqdorida toʻlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)