# Mehnat kodeksi — 467-modda. Vaxtaning davomiyligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/467 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Vaxta obyektda ishlarni bajarish vaqtini va smenalar oʻrtasida dam olish vaqtini oʻz ichiga oluvchi umumiy davrdir. Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi kerak. Jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida belgilangan alohida hollarda ayrim obyektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)