# Mehnat kodeksi — 488-modda. Tashkilot rahbarining, uning oʻrinbosarlarining, tashkilot bosh buxgalterining va tashkilot alohida boʻlinmasi rahbarining moddiy javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/488 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida boʻlinmasi rahbari tashkilotga oʻzi bevosita yetkazgan haqiqiy zarar uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini tashkilot mulkdorining (aksiyadorlar, ishtirokchilar, muassislar umumiy yigʻilishining) yoxud kuzatuv kengashining yoki mulkdor vakolat bergan boshqa organning talabiga binoan qoplaydi. Bunda zararlarni hisob-kitob qilish fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan normalarga muvofiq amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)