# Mehnat kodeksi — 529-modda. Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/529 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: xodimlarning mehnat huquqlarini oʻzi himoya qilishidan; mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvidan; mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratidan; mehnat huquqlarining yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali himoya qilishdan; mehnat huquqlarining mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlar tomonidan himoya qilishdan. Xodimlarga mehnat huquqlarini himoya qilish usulini tanlash, qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan oʻz mehnat huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)