# Mehnat kodeksi — 535-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/535 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat mehnat inspeksiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, u ish beruvchilar tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik, aholining bandligi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik, mehnat toʻgʻrisidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)