# Mehnat kodeksi — 543-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/543 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qoʻllash masalalari boʻyicha yakka tartibdagi mehnat nizolarini (daʼvo xususiyatiga ega yakka tartibdagi mehnat nizolari) koʻrib chiqish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi, sudlarda mehnat nizolari boʻyicha ishlarni koʻrish tartibi esa bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilanadi. Xodim uchun yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari (daʼvosiz xususiyatga ega boʻlgan yakka tartibdagi mehnat nizolari) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan hal etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)