# Mehnat kodeksi — 549-modda. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga ariza berish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/549 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xodimning mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga kelib tushgan arizasi roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Xodimning mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga berilgan arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: sana (xodim oʻz huquqi buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan va u komissiyaga murojaat qilish uchun muddatning oʻtishi boshlanishini qaysi sana bilan bogʻlasa, oʻsha sana); xodimning vajlarini tasdiqlovchi oʻzida mavjud boʻlgan vajlar; xodimning talablari; arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)