# Mehnat kodeksi — 550-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish uchun tayyorlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/550 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mehnat nizolari boʻyicha komissiya majlis oʻtkazilguniga qadar: yakka tartibdagi mehnat nizosini toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga molik boʻlgan holatlarni aniqlaydi (isbotlash predmetini aniqlaydi); nizoni hal qilishda tayanish kerak boʻlgan qonunlar va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar doirasini aniqlaydi; nizoni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibini aniqlashtiradi; har bir taraf oʻz talablarini asoslash uchun taqdim etishi kerak boʻlgan dalillar roʻyxatini belgilaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)