# Mehnat kodeksi — 567-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlarning qaroriga binoan toʻlangan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/567 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qaroriga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat nizosi boʻyicha sudning qaroriga koʻra xodimga toʻlangan summalarni qaror bekor qilinganida undan qaytarib undirib olishga faqat bekor qilingan qaror xodim tomonidan berilgan yolgʻon maʼlumotlarga yoki uning tomonidan taqdim etilgan qalbaki hujjatlarga asoslangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)