# Mehnat kodeksi — 583-modda. Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida xabardor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/583 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida ish beruvchini ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Ish beruvchi boʻlajak ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida yozma xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay bu haqda jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlarini yozma ravishda ogohlantiradi. Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan vaqtda ish tashlash boshlanmagan boʻlsa, jamoaviy mehnat nizosini hal qilish ushbu Kodeksning 573-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)