# Mehnat kodeksi — 584-modda. Ish tashlashga rahbarlik qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/584 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Ish tashlashga kasaba uyushmasi qoʻmitasining vakolatli vakili rahbarlik qiladi. Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi: xodimlar umumiy yigʻilishlarini (konferensiyalarini) chaqirishga; ish beruvchidan xodimlarning manfaatlariga daxldor masalalar boʻyicha maʼlumot olishga; ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklarni hal qilishda xodimlar nomidan ish yuritishga; kelishib olinishi zarur boʻlgan masalalar boʻyicha fikrlarni tayyorlash uchun mutaxassislarni jalb qilishga; ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashni toʻxtatib qoʻyishga haqli. Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi: ish tashlash amalga oshirilayotgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashi; jamoaviy mehnat nizosini tinch yoʻl bilan hal etish uchun barcha zarur choralarni koʻrishi; ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan ish tashlash boshlanadigan sana, vaqt va joyga doir talablarga amal qilinishini taʼminlashi; jamoaviy mehnat nizosi taraflariga, davlat organlari va tashkilotlariga yolgʻon yoki buzib koʻrsatilgan axborot taqdim qilmasligi; oʻziga berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqmasligi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)