# Mehnat kodeksi — 586-modda. Ish tashlashning borishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/586 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Ish tashlash paytida jamoaviy mehnat nizosi taraflari nizoni yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal qilishda davom etishlari kerak. Xodim, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlash paytida jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini, shuningdek toʻxtatilishi inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan uskunalarning ishlashini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi shart. Ushbu Kodeks 589-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) taʼminlanishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)