# Mehnat kodeksi — 587-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/587 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Ish tashlash insonlarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqarsa, tinchlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, ekologik barqarorlikka tahdid solsa, sudning qaroriga asosan: eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqti oʻttiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilishi; ish tashlash oʻttiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudning qarori toʻgʻrisida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)