# Mehnat kodeksi — 590-modda. Noqonuniy ish tashlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/590 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Agar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda ish tashlash amalga oshirilgan (amalga oshirilayotgan, amalga oshiriladigan) yoki ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu noqonuniy ish tashlash deb topiladi. Ish tashlash sud tomonidan noqonuniy deb topilganda, mazkur masala boʻyicha sudning qarori toʻgʻrisida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart. Ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)