# Mehnat kodeksi — 591-modda. Ish tashlashni tugatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MK/591 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Ish tashlash quyidagi hollarda tugatiladi: jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan oʻzaro yozma kelishuvga erishilganda; ish beruvchi tomonidan ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklar bartaraf etilganda; sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy deb topilganda; ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashdan voz kechilganida. Xodimlar ish tashlash tugatilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay mehnat shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarini davom ettirishi zarur. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MK)