# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 10-modda. Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/10 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)