# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 100-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/100 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: 1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; 3) arizachi boʻlgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)