# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 102-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/102 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini koʻrishga va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)