# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 105-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/105 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 10-bob. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldiradi, agar: 1) fuqarolik ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; 2) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 2-1) dastlabki eshituv natijasi boʻyicha arizachi arizani koʻrmasdan qoldirish haqida arz qilgan boʻlsa; 3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa; 4) arizachining manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan boʻlsa; 5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)