# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 108-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/108 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: 1) ish maʼmuriy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmasa; 2) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; 3) arizachi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; 4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; 5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan boʻlsa; 6) davlat roʻyxatidan oʻtishni rad etish yoki bundan boʻyin tovlash toʻgʻrisidagi arizani (shikoyatni) koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa; 7) toʻplangan materiallarning yoʻqotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli emasligi; 8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)