# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 112-modda. Davlat bojini qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/112 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim. Sud hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi. Davlat boji toʻlangan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni toʻliq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan maʼlumotnomaga asosan qaytariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)