# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 120-modda. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/120 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan, oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u oʻtkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra tiklashga haqli. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)