# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/139 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 17-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash va dastlabki eshituv Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda oʻzi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan muddatlar, sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan dastlabki eshituv oʻtkaziladigan hollar mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)