MSK · 148-modda

148-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar boʻyicha koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.

Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yoʻqligida koʻrish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlgan taqdirda, arz qilingan talab uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.

Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yoʻqligida koʻrilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.