MSK · 15-modda

15-modda. Maʼmuriy ishlarni qonunchilik asosida hal qilish

Sud maʼmuriy ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.

Sud maʼmuriy ishni koʻrayotganda maʼmuriy organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.

Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar ham mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqib hal qiladi.

Maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda qonunchilikdagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning foydasiga talqin etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.