# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 150-modda. Sud majlisida tanaffus > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/150 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra sud majlisida tanaffus eʼlon qilishi mumkin. Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga eʼlon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida eʼlon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillar takroran koʻrib chiqilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham takroran koʻrib chiqilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus eʼlon qilinguniga qadar sud majlisida hozir boʻlganligidan yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)