# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 154-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/154 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. Sudning hal qiluv qarori sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilinadi. Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)