# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 165-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/165 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)