# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 168-modda. Ajrim chiqarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/168 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi. Ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqariladi. Murakkab boʻlmagan masalalarni hal etish chogʻida sud ajrimni oʻz joyida chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)