# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 169-modda. Ajrimning mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/169 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ajrim chiqarilayotgan masala; 4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari; 5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa; 6) agar qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)