# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 188-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/188 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili kelmaganligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Biroq sud ushbu shaxslarning sud majlisiga kelishini majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin. Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi. Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim boʻlgan hollarda, sudning hal qiluv qarori asosida ommaviy huquqiy munosabatlar tugatilishi ushbu shaxs oʻz mulkidan mahrum boʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelmasligi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)