# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 2-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash; maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)