MSK · 206-modda

206-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar

Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:

1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;

3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chogʻida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.