# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 207-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/207 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)