# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 208-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/208 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)