# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 21-modda. Sudyani rad qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/21 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: 1) mazkur ish ilgari koʻrilganda sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yoʻl qoʻyilmasa; 2) mazkur ish ilgari koʻrilganda unda prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa; 4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa; 5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibidagi sudyaning qarindoshi boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)