# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 216-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellyatsiya protestini chaqirib olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/216 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli. Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etishga va ishni apellyatsiya tartibida koʻrishga haqli. Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)