# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 22-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni va sud majlisi kotibini rad qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/22 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibi quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa; 2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa. Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos boʻladi: 1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki oʻtmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe boʻlganligi; 2) u oʻtkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab boʻlib xizmat qilgan boʻlsa yoxud ishni koʻrishda ulardan foydalanilayotgan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)