# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 228-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/228 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kassatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyat (protest) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; 4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talab predmeti; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)