# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 230-1-modda. Ishni talab qilib olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/230-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 224-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti kiritish toʻgʻrisidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)