# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/236 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosi toʻxtatib turilishi haqida koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)