MSK · 240-modda

240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish

Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.

Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida koʻrishga haqli.

Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.

Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilganligi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa shaxslarning kassatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.